Mazkur maqolada Movarounnahr hududidan yetishib chiqqan balogʻat (nutq goʻzalligi va badiiy ifoda) ilmi olimlarining ilmiy merosi, ularning Sharq va jahon adabiy-estetik tafakkuri rivojiga qoʻshgan hissasi tahlil qilinadi. Jumladan, balogʻat ilmining asosiy yoʻnalishlari – bayon, ma’oni va badi’ ilmlarining shakllanishi hamda taraqqiyoti Movarounnahr allomalari faoliyati misolida yoritiladi. Shuningdek, ushbu olimlarning asarlarida nutq madaniyati, soʻz san’ati va uslub masalalariga berilgan ilmiy-nazariy qarashlar muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida Movarounnahr olimlarining balogʻat ilmini tizimlashtirish va boyitishdagi muhim oʻrni asoslab beriladi.
Abdurashid Murodjonovich Askarov (Wed,) studied this question.