Mazkur maqolada XI–XII asrlarda Movarounnahrda faoliyat yuritgan yirik arab tilshunosi Nosir al-Mutarriziyning grammatik qarashlari zamonaviy tarjima nazariyasi va tarjima didaktikasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asosan “Risalatun fin-nahv” asarida bayon etilgan morfologik va sintaktik kategoriyalarning tarjima jarayonidagi funksional ahamiyati ochib beriladi. Muṭarriziyning til birliklariga ma’no–shakl–vazifa birligi asosida yondashuvi bugungi kunda chet tillarini o‘qitish va tarjimon tayyorlashda muhim metodologik manba bo‘la olishi ilmiy asoslanadi. Shuningdek, klassik arab grammatik merosini zamonaviy tarjima ta’limiga integratsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Raxmonov Azimjon Komilovich (Mon,) studied this question.