Maqolada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarni vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalashning tizimli asoslari tadqiq etilgan. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning zamonaviy metodlari, jumladan, art-pedagogika, germenevtik yondashuv va loyihaviy ta’limning ahamiyati yoritilgan. Talabalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy faollikni oshirish mexanizmlari tahlil qilinib, sohadagi mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha strategik tavsiyalar berilgan. Tadqiqot "Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi" doirasida amalga oshirilgan.
Kalimbetov Bekbay Orakbaevich (Thu,) studied this question.