Zamonaviy axborotlashuv asrida innovatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi jamiyatning har tomonlama o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Kundalik hayotda taniqdiy fikrlash, boshqalar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Bu, o‘z navbatida, boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi va darsliklar mazmunini milliy o‘qitish va ilg‘or davlatlar tajribalariga asoslangan holda takomillashtirish vazifasini ko‘ndalang qo‘yadi. Mazkur maqolada badiiy matn tahlilining o‘quvchilar kreativlik kompetensiyasiga ta’siri, tahlil usullarining samaradorligi hamda bu jarayonni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi va amaliy tavsiyalar beriladi.
Bazarbayeva Rayxan Abdimumin qizi (Sun,) studied this question.