Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi murojaat birliklarining (vokativlarning) keng qamrovli kognitiv-pragmatik modeli ishlab chiqilgan. Murojaat shakllari shunchaki grammatik elementlar emas, balki shaxslararo munosabatlar, madaniy normalar va kommunikativ niyatlarni kodlovchi ijtimoiy-kognitiv konstruktlar sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda besh qatlamli (o‘zak, ijtimoiy, pragmatik, kognitiv va diskursiv) konseptual model taklif etiladi. Qiyosiy va diskurs-tahlil natijasida ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi farqlar, ayniqsa xushmuomalalik strategiyalari, hissiy ifodalilik va ijtimoiy iyerarxiya nuqtayi nazaridan aniqlangan.
Bobojonova Nargiza Jumaniyozovna (Wed,) studied this question.