Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi moliyaviy-iqtisodiy atamalarning tilshunoslik, kognitiv va madaniy xususiyatlari o‘rganiladi. Kognitiv va madaniy tilshunoslik nazariyalariga asoslanib, “kapital”, “qarz” va “bozor” kabi iqtisodiy atamalar turli ijtimoiy-madaniy va tarixiy kontekstlarga ko‘ra qanday tushunilishini ochib beradi. Chog’ishtirma tilshunoslik tahlili orqali moliyaviy-iqtisodiy atamalar nafaqat leksik birliklar, balki milliy mafkura, dunyoqarash va iqtisodiy tizimlarning aksidirligi ko‘rsatiladi. Tadqiqotda kognitiv metaforalar, tuzilmaviy farqlar va madaniy konnotatsiyalarning iqtisodiy atamalarni shakllantirish va qo‘llashdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarjima tadqiqotlari, iqtisodiy nutq va global moliyaviy kontekstda madaniyatlararo muloqot uchun amaliy ahamiyatga ega.
Mukarrama Nasibboyeva Salimjon qizi (Thu,) studied this question.