Mazkur maqolada til o‘rganishda self-efficacy, ya’ni o‘ziga ishonchning roli o‘rganiladi. Tadqiqot Bandura ijtimoiy-kognitiv nazariyasiga asoslanib, talabalarning o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi ularning motivatsiyasi, o‘quv strategiyalari, qat’iyligi va natijalariga qanday ta’sir qilishini tahlil qiladi. Tadqiqot sifatli-deskriptiv metod asosida ilmiy manbalarni tahlil qilish orqali amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yuqori self-efficacyga ega talabalar faolroq, mustaqilroq va samaraliroq o‘rganadi, past self-efficacy esa xavotir va chekinishga olib keladi. Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quv muhiti self-efficacyni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Sevara Shukhrat kizi Ismailova (Wed,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: